Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A seriyada gollar «yomg‘iri». «Napoli» «Torino»dan, «Latsio» «Fiorentina»dan ustun keldi, «Jyenoa» autsayderga yutqazdi
Italiya A seriyasining 17-turidan o‘rin olgan yana oltita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mamlakatga xos bo‘lmagan tarzda uchrashuvlarda juda ko‘plab gollar kiritildi.
Chempionlar ligasiga beriladigan yo‘llanma uchun kurashni davom ettirayotgan «Napoli» bu turda «Torino»ni qabul qilib Dris Mertensning pokeri evaziga 5:3 hisobida g‘alaba qozondi va «Milan»ni quvib o‘tib 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Neapolliklar hisobida 34 ochko bor.
Shuningdek bu turda «Latsio» ham «Milan»dan o‘zib ketishni uddaladi. Simone Inzagi shogirdlari «Fiorentina»ni o‘z uyida qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi. Rimliklar hisobida ham 34 ochko bor. Jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayligina «Napoli»dan ortda qolmoqda.
Turning boshqa uchrashuvlaridan birida esa kutilmagan natija qayd etildi. Mavsumni juda bo‘sh o‘tkazayotgan «Palermo» Genuyada «Jyenoa» mehmoni bo‘lib gollarga boy o‘tgan uchrashuvda 4:3 hisobida g‘alaba qozonib qaytdi. Eng qizig‘i uchrashuvning 69-daqiqasiga qadar mehmonlar 3:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi. Biroq shu daqiqadan boshlab jamoa 3ta gol kiritdi va mavsumdagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi. Natijada sitsiliyaliklar ochkolari sonini 9taga yetkazib oldi va so‘nggi o‘rinni tark etdi.
Shuningdek bu turda «Udineze», «Bolonya» va «Kevo» jamoalari ham g‘alaba nashidasini surishga muvaffaq bo‘lishdi.
Italiya A seriyasi, 17-tur
Napoli – Torino 5:3 (3:0)
Gollar: 1:0 – 13 Mertens, 2:0 – 18, penalti Mertens, 3:0 – 22 Mertens, 3:1 – 58 Belotti, 4:1 – 70 Kirikesh, 4:2 – 76 Rossettini, 5:2 – 80 Mertens, 5:3 – 84, penalti Yago Falke.
Napoli: Reyna, Xyusay, Albiol, Kirikesh, Gulyam, Zelinski (Allan, 73), Jorjino (Diavara, 69), Gamshik, Kalexon, Mertens, Insine (Djakkerini, 81).
Torino: Hart, de Silvestri (Yago Falke, 56), Rossettini, Moretti, Barreka, Benassi, Valdifori (Lukich, 46), Bazelli (Lopes, 67), Dzappakosta, Belotti, Lyayich.
Ogohlantirishlar: Rossettini (34), Moretti (60), Lukich (72).
Latsio – Fiorentina 3:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 23 Keyta, 2:0 – 45, penalti Bigliya, 2:1 – 64 Sarate, 3:1 – 90 Radu.
Latsio: Marketti, Bashtush, de Vrey, Radu, Felipe Anderson (Uolles, 77), Milinkovich-Savich, Bigliya, Kataldi (Murdjia, 85), Lulich, Immobile, Keyta (Kishna, 68).
Fiorentina: Teterushanu, Tomovich (Kristoforo, 46), De Meo, Astori, Telo (Keza, 80), Vesino, Sanches, Olivera, Ilichich (Sarate, 59), Bernardeski, Kalinich.
Ogohlantirishlar: Tomovich (26), Olivera (49), Bashtush (57), Bernardeski (75), Astori (77), Sanches (83).
Kevo – Sampdoriya 2:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Medjorini, 2:0 – 41, penalti Pellisse, 2:1 – 90 Shik.
Ogohlantirishlar: Redjini (18), Pudjoni (41), Spolli (61).
Peskara – Bolonya 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 7 Masina, 0:2 – 41 Djyemaili, 0:3 – 57, penalti Kreychi.
Ogohlantirishlar: Nad (22), Gastaldello (68), Biragi (83).
Chetlatish: Verre (16, Peskara).
Udineze – Krotone 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 43 Tereo, 2:0 – 61 Tereo.
Ogohlantirishlar: Krisetig (38), Trotta (55), Ferrari (59), Barberis (90).
Chetlatish: Kordats (86, Krotone).
Jyenoa – Palermo 3:4 (1:1)
Gollar: 1:0 – 4 Simeone, 1:1 – 42 Kvayson, 2:1 – 57 Simeone, 3:1 – 65 Ninkovich, 3:2 – 69 Goldaniga, 3:3 – 88 Rispoli, 3:4 – 90 Traykovski.
Ogohlantirishlar: Anjyelkovich (26), Chonek (45), Ntcham (48), Goldaniga (52), Rigoni (58), Yayalo (61), Edenilson (68), Nestorovski (90).
Chetlatish: Perin (90+3, Jyenoa).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
12:10 / 05.01.2025
«Siti» qaytmoqda, «Arsenal» «Liverpul»ni xursand qildi. Kun o‘yinlari
16:53 / 12.12.2023
«MYu» va «PSJ» guruhda qolib ketadimi? YeChLda so‘nggi tur savollari
12:28 / 28.10.2023