Qişning qorli kunlarida bahor nafasini tuygingiz kelsa, mirişkor dehqon xonadoniga boring ekan. Mahallaning örtasidagi oddiy xonadon issiqxonasida xuddi köklam nafasi kezayotgandek. Ikki yarim sotixli issiqxonadagi köçatlar sanoği yöq hosilning mölligidan egilib turibdi.

Andijon viloyati Oltinköl tumanidagi Oftobaçek mahallasida har ön xonadonning birida möjaz yerdan yaxşi daromad olayotganlar juda köpligi quvonarli hol.

- Limon köçatlarini ekkanimga beş yildan oşdi, mehr bersang bu limon deganlari mevasini ayamay berar ekan,- deydi soqollari yaraşib turgan Nabijon ota. – Sanoqli köçatlar juda köp meva qilib, ötgan yili olti million söm daromad olgandik. Bu yil yetti millionni közlab turibmiz.

Mirobod mahallasidagi Odiljon Yuldaşev xonadoniga borganimizda boğbon yetiştirgan dorivor ne'matga xaridor kelgan ekan. Kiçkintoy öğli bilan meva terayotgan dehqonning hosiliga baraka tiladik. Bir yarim sotix joydagi 35 tup “Mir” navli limon köçati şiğil-şiğil meva solibdi.
- Agar issiqlik yetarli bölib, parvarişni me'yorida olib borsangiz yiliga ikki marta hosil olasiz,-deydi usta dehqon Odiljon.

Tumandagi 1-umumta'lim maktabida ham yilning noyabr oyida jamoa limonariy yaratişga kirişib, heç qanday isitiş moslamalarisiz “termos” usulida bunyod etilgan joyda 25 tup limon köçatlarini parvariş qila boşladi. Uç yillik sitrus nihollar atrofi şudgorlanib, ukrop, kaşniç kabi rezavor kökat uruğlari sepilibdi.

Qişloqda issiqxona qurişga mahalla fuqarolar yiğinida taşkil etilgan agrofirmalar kömaklaşişi haqida eşitganlar hujjatlar rasmiylaştirişni boşlaşibdi. Oltinköl tumanida 56 ta agrofirma taşkil etiş rejasi tuzilgan. Ayni paytda ulardan 47 tasi faoliyat boşladi. Agrofirmalar faoliyati, issiqxonalar uçun banklarning kredit ajratişi jadallaştirilmoqda.












