Oğir vazn toifasidagi sobiq boksçi Mayk Tayson özining sobiq promouteri Don Kingga suv sepib yubordi. Bu holat Boks şon-şuhrati xalqaro zaliga yangi a'zolarni qabul qiliş böyiça tadbir vaqtida yuz berdi.
«Men xuddi yoş boladek özimni tutdim. Aftidan, buni qiliş kerak emasdi. Biroq, u menga qöli bilan tegib, yelkamga qoqib qöydi.
U göyoki mening döstim ekanini aytmoqda, biroq bu yolğon narsa. Bugun men bu vaziyatda özimni tutib tura olmadim», - deya ma'lum qilgan Tayson hodisadan söng CBS Sports’ga bergan intervyusida.
Sportçining aytişiça, sobiq promouteri King uni juda köp marotaba aldaşga harakat qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq boks böyiça sobiq jahon çempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylder va Entoni Joşuani daydi, deb atagandi.











