Bortida 32 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi bo‘lgan samolyot Yoqutistonning Bulun tumanida qulab tushdi. Bu haqda TASS huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib xabar bergan.

«Yekaterinburgdagi Koltsovo aeroportidan uchgan Il-18 samolyoti 19 dekabr kuni Tiksi qishlog‘idan 27 km masofada qulab tushgan», — deya ma'lumot bergan manba.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halokatdan 6 kishi omon qolgan. Jabrlanuvchilar evakuatsiya qilingan.