10:38 / 19.12.2016
14854

Yoqutistonda samolyot qulamagan, avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan

© RIA Novosti

Rossiya Mudofaa vazirligining Il-18 rusumli transport samolyoti Yoqutiston hududida qulab tushmagan, balki, xavfli qo‘nishni amalga oshirgan. Bu hodisa vaqtida halok bo‘lganlar yo‘q.

"Barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari tirik. 16 kishida jiddiy jarohatlar bor. Ular vertolyotlar orqali evakuatsiya qilinib, Tiksidagi tibbiyot muassasalariga yetkazildi", deyilgan vazirlik bayonotida.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, samolyot bortida 32 yo‘lovchi hamda ekipajning 7 a'zosi bo‘lgan.

Samolyot mahalliy vaqt bilan bugun soat 4:45da Tiksi aerodromidan 30 km masofada avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu samolyot qulagani va bortdagilarning 33 nafari halok bo‘lgani haqida aytilgandi.

Top