O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, erkin iqtisodiy hududlarda alohida maqomga ega bo‘lgan valyuta tartibi joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu hujjat, hukumatning me'yoriy-huquqiy hujjatlar saytida muhokamaga qo‘yilgan. Uning muddati 2016 yil 31 dekabr yarim tungacha etib belgilangan.
«Erkin iqtisodiy hududlarda maxsus valyuta rejimi faoliyatiga doir tartib to‘g‘risidagi Nizom» nomli qaror loyihasiga ko‘ra, EIH ishtirokchilari tomonidan quyidagi valyuta amaliyotlari o‘tkazish tartibi nazarda tutilgan:
1. EIH qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasining o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarini mustaqil ravishda tanlaydi (keyingi o‘rinlarda – tijorat bank) va bir yoki bir nechta tijorat banklarida xorijiy valyutadagi hisob raqamlarini ochishga haqlidirlar.
2. EIH qatnashchilari, shuningdek, qonunda belgilangan tartibda xorijda ham bank hisob raqamlariga ega bo‘lishiga haqlidir.
3. EIH qatnashchilarining, xususan, mahsulotlar eksporti (ish, xizmat)dan tushadigan xorijiy valyutadagi tushumi majburiy tartibda tijorat banklaridagi hisoblariga o‘tkazilishi kerak.
4. EIH qatnashchilarining xorijiy valyuta tushumining xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazilishiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan va o‘sha hisob raqamlarini ochishda ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchungina ruxsat etiladi.
5. EIH qatnashchilariga quyidagilarga ruxsat beriladi:
EIH doirasida o‘zaro shartnoma va bitimlardan kelib chiqqan holda xorijiy valyutada hisob-kitob qilish va to‘lovlarni amalga oshirishga;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblanuvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan mahsulotlar, ish va xizmatlarga xorijiy valyutada to‘lovni amalga oshirish;
Ularga eksport va import qilinayotgan mahsulotlar uchun o‘zlariga qulay to‘lov va hisob-kitob shakllarini tanlashiga imkon berish.
6. EIH qatnashchilari bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari EIH qatnashchilariga mahsulotlar, ish va xizmatlarni xorijiy valyutada sotishga haqlidirlar.

















