APLning 17-turini Mersisayd derbisi yopib beradi.

Bugun APLning navbatdagi turida «Everton» va «Liverpul» jamoalari özaro uçraşadi. Bu jamoalarning 227-marta uçraşişi böladi. Ikki jamoa ham hafta örtasida ötkazilgan tur öyinlarida ğalabalarga erişişgan va bu öyinga yaxşi kayfiyatda yetib kelişgan. «Irislar» jamoasi turnir yetakçilaridan biri «Arsenal»ni yenggan va Ronald Kumanning 5ta öyindan iborat ğalabasiz seriyasi yakunlangandi.

Joriy mavsumda «Everton» uy uçraşuvlarida yutqazmadi, ammo  «Liverpul» bilan uçraşuvlar statistikasi köngildagidek emas: 11 uçraşuvdan buyon ğalaba yöq. Jamoa oxirgi özaro uçraşuvlarning 19tasida atigi bitta ğalabaga erişgan. «Qizillar» bugun ham ğalaba qozonsa turnir jadvalida «Çelsi»ga yaqinlaşib oladi.

«Liverpul» oxirgi 6 öyindan 4tasida gol ötkazib yubormagan. Derbi arafasida ham jamoa mudofaasida yöqotişlar yöq. Hujumçi Deniyel Starrij va Emre Jan esa jarohatlar tufayli bugungi öyinda iştirok eta olmaydi. Klopp şuningdek, Filippe Koutino va Denni Ingzni ança vaqtga yöqotgan.

«Everton» derbida Muhamed Beşiç, Yannik Bolazi (ikkisi ham tizzasidan jarohatlangan) va Fil Jagelka (disvalifikatsiya) xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Öyindan oldingi fikrlar
Yurgen Klopp: «Gudison Park» qozondek qaynab turişi meni qörqitmayd. Bu futbol. Men şunday muhitni yoqtiraman. Bunday raqib biz öz öyinimizni rang-barang qilişga majburlaydi xolos. Biz nimaga qodir bölsak, şuni namoyon etişimiz kerak.

Öta hujumkor öynaşimiz kerak, ammo çegaradan çiqmaslik ham kerak. Kuçni teng taqsimlaşga harakat qilamiz. Biz tribunalarda muxlislarimiz bizni qöllab-quvvatlab qöşiq kuylab turişini istaymiz. Ularning şovqin solişi bizga kuç beradi».

Ronald Kuman: «Esimda, ötgan mavsumda «Sauthempton» murabbiyi ekanimda «Liverpul» bilan öynagandik. Biz 0:2 hisobida ortda qola turib, yakunda öyinni 3:2 hisobida öz foydamizga özgartira olgandik. Bunday öyinlar hamişa muhim. Men futbolçi ekanimda niderlandça derbilarda iştirok etganman».

Raqamlar gapirganda