«Real» yarim himoyaçisi Xames Rodriges klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

«Real»da qolişimga kafolat bera olmayman. Menda boşqa klublardan takliflar va öylab körişim uçun 7 kun muhlat bor.

Madridda baxtiyorman, biroq köproq öyin amaliyotini xohlayman. Klublar örtasidagi JÇ finalida maydonga tuşmaganimdan biroz xafaman, ammo faoliyatimda şunday sovrin borligidan xursandman», deya Xamesning sözlarini keltirdi Marca.

Bundan oldinroq uşbu futbolçiga Londonning «Çelsi» jamoasi jiddiy qiziqiş bildirayotgani haqida xabar berilgandi.