"Lester Siti" BBC Sports Personality 2016 tomonidan "Yil jamoasi" deb topildi. 

Klub ötgan mavsum Angliya Premer ligasi ğolibi bölgan edi. Bundan taşqari, jamoa 2016-17 yilgi Çempionlar ligasining pley-off bosqiçiga ham yöllanmani qölga kiritdi. 

Jamoa boş murabbiyi Kladio Raneri esa "Yil murabbiyi" deb topildi. 64 yoşli mutaxassis eng qiyin raqobatbardoş çempionatlardan biri hisoblangan APLda 30 mln funt sterlingdan kamroq mablağga tuzilgan jamoa bilan ğoliblikni qölga kiritdi.