Harvard muhandislik va amaliy fanlar maktabining (SEAS) bir guruh olimlari puşti rang olmosdan dunyodagi eng kiçik radiopriyomnikni yaratişga muvaffaq bölişdi. Bu haqida Motherboard naşri xabar berdi.
Manbaga köra, olmosli radio maxsus defekt — olmosning kristall panjarlarida, uglerod atomlaridan biri azotga almaşganida hosil böladigan NV-markaz asosida işlaydi.
Mini-radio klassik radioga xos bölgan barça elementlarga ega: quvvatlantiriş manbai, priyomnik, elektromagnit tölqinlarni elektrik tokka aylantiruvçi, tyuner va dinamik.
Mutaxassislarning sözlariga köra, ularning ixtirosi juda mustahkam bölib, har qanday şaroitda işlaşga qodir. Masalan, eng kiçik radiopriyomnik 350 darajadan ortiq haroratda ham musiqani yetkazib bera oladi. Olimlar olmoslarning boşqa nuqsonlarini örganişni rejalaştirişmoqda.












