20 dekabrda Turkiyada "Yevrosiyo" avtomobil tunneli oçilişi rasmiy marosimi bölib ötadi.
"Anadolu" axborot agentligi ma'lum qilişiça, tunnelning oçiliş marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, boş vazir Binali Yildirim, köplab xorijiy davlatlar, hukumatlar, vazirliklar rahbarlari darajasidagi yuqori martabali mehmonlar iştirok etadi.
Marosim mahalliy vaqt bilan soat 14:00da boşalanadi.
Yevrosiyo avtomobil tunneli evaziga Istanbulning Kazliçeşme (Yevropa) va Goztepe (Osiyo) tumanlari örtasidagi yöl 90 daqiqadan 15 daqiqagaça kamayadi.
Loyiha birinçi navbatda suv osti avtomobil yöli orqali Istanbulning Yevropa va Osiyodagi qismlarini boğlaşga qaratilgan.
Bu tunnel dengiz ostida bunday çuqurlikdan ötkazilayotgan dunyodagi birinçi tunneldir.
Uni quriş işlari Bosfor körfazida 106 metr çuqurlikda olib borilgan. Tunnelning uzunligi 14,6 km ni taşkil qiladi, uning 5,4 km lik qismi suv ostidan ötadi. Loyihaning umumiy qiymati 1,25 mlrd dollarga baholangan. Tunnel 4 ta şossedan iborat.













