AQŞ prezidenti Barak Obama 78 kişini afv etişga qaror qildi. Şuningdek, 153 nafar mahbusning jazo muddati qisqartirildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bergan.
Uşbu şaxslarning barçasi giyohvand moddalarni saqlaş, xarid qiliş yoki tarqatiş bilan boğliq moddalar böyiça ozodlikdan mahrum etilgan. Ularning ba'zilari esa qölga oliş vaqtida qurollangan ham bölgan. Mahalliy OAVning ta'kidlaşiça, prezident bu borada öziga xos rekord örnatdi – u bir buyruq bilan 231 mahbusga yordam berdi.
Obama davlat rahbari sifatida hammasi bölib 148 kişini afv etib, 1176 mahbusning jazo muddatini qisqartirgan. Ularning aksariyati umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi.












