BMTda Rossiyaning Anqaradagi elçisi Andrey Karlovning öldirilişi qoralandi. Bu haqda BMT boş kotibining vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

"Diplomatga yoki elçiga hujum qilinişini oqlab bölmaydi. Umid qilamizki, aybdorlar javobgarlikka tortiladi", deb aytgan Dyujarrik.

Qotillikka AQŞ Davlat departamenti ham munosabat bildirdi. "Biz bu zöravonlik aktini uni kim amalga oşirganidan qat'iy nazar qoralaymiz", deb aytgan departament matbuot kotibi Jon Kirbi.

Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili  Federika Mogerini Turkiya hukumati bilan aloqada ekanligini ma'lum qilgan. "Rossiya taşqi işlar vaziri Lavrovga elçi Karlovning öldirilişi tufayli YeIning hamdardligini bildirdik", deb yozgan Mogerini tvitterda.

Karlovga suiqasd Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida sodir etilgan. Elçi bu yerga "Rossiya turklar nigohida" fotokörgazmasining oçilişiga kelgan bölgan. U öz nutqini yakunlayotgan vaqtda qurollangan kimsa uning orqasidan öq uzgan. Elçi olingan jarohatlardan halok bölgan. Qotil turk kuçlari tomonidan yöq qilingan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, qotil Anqara politsiyasi xodimi bölgan. U galereyaga kirişda politsiyaçi guvohnomasini körsatgan. Ma'lumotlarga köra, guvohnoma qalbaki bölişi mumkin.