Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqarada Rossiya elçisi Andrey Karlov öldirilgandan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qildi. Bu haqda turk hukumati vakillariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Erdöğan Putin bilan fojia yuzasidan unda mavjud bölgan barça ma'lumot bilan bölişgan. 

Avvalroq Turkiya taşqi işlar vazirligi Karlovning öldirilişini qoralagandi hamda jinoyat sinçkovlik bilan tergov qilinişi va aybdorlar munosib jazolanişini aytgandi.