Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-sonli qarori bilan Fuqarolik röyxatga oliş qoidalari (bundan keyin Qonun deb yuritiladi) tasdiqlandi. Bundan avvalgi tahrir esa (1999 yilning 12 aprelidagi 171-sonli qarori) öz kuçini yöqotgan, deb hisoblanadi. Norma.uz ikki tahrirning qisqaça qiyosiy tahlilini keltirdi. 
  
Qonunda eng avvalo FHDYo organlari tarkibiga kiruvçi idoralar röyxati berilgan: 
FHDYoning şaharlar va tumanlardagi bölimlari;
Nikoh uylari;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligining FHDYo arxivlari va viloyatlar hamda Toşkent şahri adliya boşqarmalari.
  
Endilikda Qonun va qonunçilikning boşqa hujjatlarida keltirilgan talablarga javob bermaydigan hujjatlar taqdim etilgan holatda ular röyxatga olinmasligi mumkin. 
 
FHDYo organlari xodimi, şuningdek konsul özi, turmuş örtoği, özi va juftining qarindoş-uruğlariga tegişli  hujjatlarni röyxatga oliş, ularga özgartiriş, töğrilaş yoki qöşimça ma'lumot kiritiş huquqiga ega emas. Bundan avvalgi Qonunda taqiq faqat özi, turmuş örtoği va farzandlariga nisbatan joriy qilingan edi. 
 
Şunday vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, röyxatga oliş FHDYoning boşqa xodimlari tomonidan amalga oşiriladi. 
 
Bundan buyon tuğilganlik töğrisidagi ma'lumotnoma yanada batafsil bölişi kerak.
 
Xöş, tuğilganlik töğrisidagi yangi tibbiy ma'lumotnoma qanday mazmunda bölişi kerak?

Onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, tuğilgan sanasi, millati, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti (oliy, örta);
Bolaning tuğilgan vaqti, sanasi, joyi, jinsi, vazni va böyi;
Homiladorlik muddati, neçançi homiladorlik;
tuğiliş mezonlari (nafas olişi, yurak urişi, kindik pulsatsiyasi, muşaklar qisqarişi);
tibbiy ma'lumotnoma berilgan vaqt, uning tartib raqami va tibbiy muassasa nomi.