“Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati veb-saytida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini qabul qiliş uçun jamiyatning virtual qabulxonasi oçildi.

Virtual qabulxona www.legprom.uz/site/virtual-reception manzilida joylaşgan. Internet foydalanuvçilari yuqoridagi manzilga kirib, maxsus şaklni töldiriş orqali “Özbekengilsanoat” AJ boşqaruv raisi Ilhom Haydarovga öz arizalari, şikoyatlari va takliflarini taqdim etişlari mumkin.

“Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qilişda jismoniy va yuridik şaxslarda elektron raqamli imzo bölişi talab qilinmaydi.