Ukraina prezidenti Petr Poroşenko Berlindagi Rojdestvo yarmarkasiga yiğilgan odamlar ustiga yuk maşinasini haydab, ataylab bosib ketilgan holatni qoraladi. Biroq prezident Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovning qotilligi yuzasidan heç qanday fikr bildirmadi.

«Ukrainaliklar fojia qurbonlari uçun duoda va uşbu zöravonlik holatini qattiq qoralaydilar. Buni umuman oqlab bölmaydi», - deb yozdi siyosatçi özining tvitter’dagi sahifasida.

Şu bilan bir qatorda, Ukraina prezidenti Rossiyaning Turkiyadagi elçisining qotilligiga heç qanday izoh bermagan. 

Eslatib ötamiz, elçi Andrey Karlovga qurollangan hujum Anqarada 19 dekabr kuni yuz berdi. Jinoyatçi töpponçadan bir neça bor öq uzgan. Diplomat oğir tan jarohatlarini olib, keyinçalik hayotdan köz yumdi. Rossiya Tergov qömitasi qotillikni xalqaro terrorçilik akti deb baholagan.

Berlinda esa yuk maşinasining kişilar ustiga atayin haydalişi oqibatida töqqiz kişi halok bölib, 45 nafar inson jarohat oldi.