Ukrainaning Oliy Radasi deputati Vladimir Parasyuk Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovni öldirgan şaxsni "qahramon" deb atadi. Bu haqda u özining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozgan.

"Qaçonki inson öz jonini tanlagan ğoyalari, bilgan haqiqati uçun qurbon qilar ekan, uni işonç bilan QAHRAMON deb ataş mumkin!", deya yozgan Parasyuk.

Deputat öz postiga rossiyalik 62 yoşli diplomatni ortdan turib otgan turkiyalik sobiq politsiya zobiti Mavlud Mard Oltintoşning suratini joylagan.

U post ostida izoh qoldirib, qotilni "öz xalqi qahramoni" deya ta'kidlagan.

Andrey Karlov Anqaradagi Zamonaviy san'atlar markazida fotokörgazma oçilişi vaqtida otib öldirildi. Uning qotili ham tez orada yöq qilindi.