Yakunlangan hafta mobaynida Özbekiston va dunyoda bir qator muhim voqealar sodir bölib ötdi. Ana şu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
Joriy haftada ham Özbekiston hukumatida yangilanişlar davom ettirildi. Prezident yana 3ta viloyatga yangi hokim tayinladi, hukumatga yana bir neça sobiq amaldorlar qaytarildi.
Jahon sahnasida esa qonli keçgan 2016 yilda yana qon tökilişlari davom etdi. Xususan, Anqarada Rossiya elçisi otib öldirilib, jahon hamjamiyatini karaxt avholga soldi, şuningdek, Berlinda fojiali terakt sodir etildi.
23 dekabr kuni Putinning an'anaviy matbuot anjumani bölib ötdi.
Biroz oldinroq Özbekistonga kelişni rejalaştirmayotgani haqida aytgan Qirğiziston rahbari Almazbek Atambayev 24 dekabrda Samarqandda böldi.
Bugun esa Rossiya Suriyadagi amaliyoti davomida navbatdagi qurbonlarini berdi. Lataqiyaga bortidagi 92 kişi bilan uçgan Tu-154 samolyoti Qora dengizda quladi va barça yölovçilar halok böldi.
Quyida şu va boşqa xabarlar yana bir bor eslab ötiladi.
Özbekistonda rahbar kadrlar almaşinuvi

Islom Karimovning qöriqlaş xizmati sobiq rahbari Davlat bojxona qömitasiga rais böldi
Bahodir Matlubov rahbarlik lavozimiga qaytdi
Zokirjon Almatov korrupsiyaga qarşi kuraşadi
179 kişiga Özbekiston fuqaroligi berildi
Jizzax viloyati hokimi almaştirildi
Samarqand viloyatiga yangi hokim























