Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlov öqotar quroldan olingan jarohatlar tufayli şifoxonada jon taslim qildi. Bu ma'lumot Turkiyadagi NTV telekanali orqali tarqatildi.

Hozirça Rossiya tomoni bu ma'lumotni tasdiqlamadi.

Qurollangan şaxs Anqarada taşkil etilgan "Rossiya turklar nigohida" nomli fotokörgazma ötayotgan galereya oçilişi vaqtida hujum uyuştirgan. U körgazma qöriqçilaridan biri bölgani aytilmoqda.

Karlov öz nutqini tugatişi bilanoq qotil unga ortdan turib öq uzgan.

Bu suiqasd vaqtida yana bir diplomatik xodim jiddiy jarohat olib, oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan. Keyinroq uning ham jon bergani ma'lum böldi.

Hurriyet naşri voqea joyidan suratlarni namoyiş qilgan.

Suratlardan birida qotilning yuzi aniq körinadi.

Jinoyatçi elçini va elçixona xodimini otganidan keyin osmonga öq uzib, hammadan binoni tark etişni söragan. Hujum vaqtida yana 3 kişi jarohatlangan. Qotil soxta politsiya jyetoniga ega bölgan.