Anqaradagi körgazma vaqtida Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovni otib taşlagan qotil, qotillikni amalga oşiriş vaqtida hayqirib, Suriyaning Halab şahri haqida gapirgan. Bu haqda voqea joyidagi guvohlarga asoslanib, mahalliy naşrlar xabar tarqatdi.
Hurriyet xabariga köra, hujum sodir etilgan vaqtda binoda yuz çoğli odam bölgan. Qora kostyum va şim kiygan qotil marosimda qöriqlov xizmati xodimi sifatida bölgan. U elçi öz nutqini tugatişini uning ortida kutib turgan va elçi öz sözini tugatganida unga öq uzgan. Şundan söng qurolini osmonga qaratib yana bir öq uzgan hamda mehmonlardan hududni tark etişni söragan. Keyin esa elçining tanasiga yana bir öq joylagan.
Bir neça kun oldin Suriya hukumati Rossiya kömagida bir neça yildan buyon muxolif kuçlar nazoratida bölgan Halab şahrini qaytarib olgandi.

















