Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning Turkiyadagi Elçisi Andrey Karlovning şafqatsiz suiqasd natijasida halok bölgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
«Biz har qanday şakl va körinişdagi terrorizm va ekstremizm harakatlarini qattiq qoralaymiz. Mazkur fojia hozirgi zamonning şunday noinsoniy tahdidlariga qarşi kuraşiş uçun xalqaro hamjamiyatning barça kuçlarini birlaştiriş zarurligini yana bir bor körsatdi. Uşbu qayğuli kunlarda Özbekiston Rossiya xalqi bilan har tomonlama birdamligini bildiradi», deya qayd etilgan Özbekiston rahbari maktubida.
Davlat rahbari Rossiya diplomatining oila a'zolariga va yaqinlariga çuqur hamdardlik va dalda sözlarini yetkazib qöyişni söradi.












