Aloqa böyiça AQŞ Federal komissiyasida köpçilik ovoz respublikaçilarga ötadi. Ular esa telekommunikatsiyalar bozorini qattiq tartibga solişga qarşi. The New York Times gazetasi bundan foydalangan aloqa operatorlari ham narxlarni oşirişidan xavfsiramoqda.

Gazeta AQŞdagi prezidentlik kampaniyasi vaqtida Hillari Klinton nomzodini oçiqdan-oçiq qöllab-quvvatlagandi. Endi esa unda Donald Trampning ğalabasi telekom-sanoatga salbiy ta'sir körsatişi mumkinligi haqidagi maqola çiqdi.

Maqola mualliflarining fikriça, Tramp 2017 yilning boşida aloqa böyiça AQŞ federal komissiyasiga (FCC) yangi rahbar tayinlaydi. Uning respublikaçi bölişi deyarli aniq. Şundan söng respublikaçilar FCC’da köpçilik ovozga ega böladi.

Gazetaning ta'kidlaşiça, respublikaçilar telekommunikatsiya sohasini qattiq tartibga solişga qarşi. Kutilişiça, FCC yangi rahbari Sprint va T-Mobile’ning birlaşişi kabi kelişuvlarga ruxsat beradi. Bu kompaniyalar birlaşganda esa AQŞ aloqa kompaniyalarining “katta törtligi” (Verizon, AT&T, T-Mobile va Sprint) “katta uçlikka” aylanadi hamda mamlakatda uyali aloqa tariflari qimmatlaşişi mumkin.

Şuningdek, AT&T Time Warner’ni ham xarid qilişi mumkin. Tramp saylovoldi kuraş jarayonida 85 milliard dollarlik bu kelişuvni taqiqlaşga va'da bergandi, biroq ğalabadan söng uning fikri özgarişi aniq böldi.