BMT Boş Assambleyasi Qrimda inson huquqlari masalasini monitoring qilişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qildi.
Bu rezolyutsiya matnida, Rossiya bosqinçi (okkupant) davlat deb atalgan, Qrim va Sevastopol esa vaqtinça bosib olingan (anneksiya) hududlar sifatida qayd etilgan.
Hujjatda BMTning inson huquqlari böyiça Oliy komissari Boşqarmasiga Qrimdagi vaziyat böyiça alohida hisobot tayyorlaş sörab murojaat qilingan.
Bundan taşqari, hujjat BMT Boş kotibiga Qrimga xalqaro huquq himoyaçilari missiyalarini yöllaşni taklif qiladi. Rossiyadan esa ularni yarim orolga kiritiş talab etiladi.
«Xalqaro ekspertlarning bölişi Qrimda vaziyatning yanada yomonlaşişining oldini olişda birinçi darajali ahamiyatga ega», — deyilgan rezolyutsiyada.
Bu rezolyutsiya taşabbuskori Ukraina tomoni bölib, hujjat qabul qilinişi uçun 70ta davlat vakillari ovoz bergan, 26 davlat qarşi çiqqan, yana 77 davlat esa betaraf qolgan.
Loyiha qabul qilinişi uçun AQŞ, Kanada hamda Yevropa davlatlari, jumladan, Turkiya va Yaponiya ham ovoz bergan bölsa, Rossiya, Xitoy, KXDR, Serbiya, Hindiston, JAR, Suriya, Armaniston, Kuba, Belarus, Eron, Qozoğiston kabi davlatlar qatorida Özbekiston ham bu rezolyutsiya qabul qilinişiga qarşi çiqqan.
77 davlat betaraf qolgan, jumladan, Qirğiziston hamda Tojikiston.

Noyabr oyida Ukraina BMT Boş Assambleyasi 3-qömitasida Qrimdagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyatni qoralovçi hamda Rossiyani yarimorolga xalqaro kuzatuvçilarni kiritişga çaqiruvçi rezolyutsiya qabul qilinişiga erişgandi. Öşanda ham Özbekiston Rossiya tomonida turgan.
4 sahifali hujjatda, "Qrim aholisiga nisbatan inson huquqlari buzilayotgani, ularning kamsitilayotgani", xususan "qrim-tatarlar, ukrainlar hamda boşqa etnik va diniy guruhlar a'zolari ta'qiblarga uçrayotgani" aytiladi. Unda, şuningdek, Rossiya hukumatini "Qrim aholisiga nisbatan barça tahqirlovçi holatlar va inson huquqlarining buzilişiga barham beriş böyiça zudlik bilan çoralar köriş"ga çaqiruvçi hamda "yarimoroldagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyatni kuzatiş böyiça xalqaro missiyalarga ruxsat beriş"ga undovçi bandlar mavjud.
Bundan oldinroq, Rossiyaning BMTdagi maxsus vakili bu hujjatni «noxolis va töqib-biçilgan» deb atagandi.

















