Janubiy Koreyaning iste'foga ketgan prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Tsoy Sun Sil korrupsiya ishi bo‘yicha birinchi sud yig‘ilishida firibgarlik va hokimiyatni suiiste'mol qilish bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni inkor etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Tsoy unga qarshi bildirilgan barcha ayblovlarni inkor etgan. Uning advokati ham u prezident Pak Kin Xe va boshqa ayblanuvchilar bilan til biriktirmaganini ta'kidlagan.
Tsoy sobiq prezidentning siyosiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan jamg‘armalarga mablag‘lar sarmoya qilinishi maqsadida yirik kompaniyalarga bosim o‘tkazishda ayblanmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreyada Sil ustidan sud jarayoni boshlangani ma'lum qilingandi.















