Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Qirğizistonga rasmiy taşrif bilan keladi. Bu haqda Almazbek Atambayev devonining axborot siyosati böyiça bölimi xabar berdi.
 
Ta'kidlanişiça, taşrif çoğida Eron va Qirğizistonning özaro hamkorligi masalalari muhokama qilinadi. Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşadilar.
 
Muzokaralar yakuniga köra bir qator hujjatlarning imzolanişi kutilmoqda.
 
Şuningdek, Hasan Ruhoniy rasmiy taşrif davomida mamlakat boş vaziri bilan uçraşib, biznes-forum oçilişida ham iştirok etişi rejalaştirilgan.