Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaga yo‘l olgan yana bir samolyot texnik sabablar tufayli Toshkentga qaytarildi
Foto: Jetphotos.net
«Aeroflot» kompaniyasining SU1871 «Toshkent-Moskva» reysidagi samolyot 21 dekabr, chorshanba kuni parvoz qilganidan so‘ng yana O‘zbekiston poytaxtiga qaytib keldi. Bu texnik sabablar tufayli ro‘y bergan, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz.
Eslatib o‘tamiz, bu so‘nggi 10 kun ichidagi ikkinchi shunday holatdir – 12 dekabr kuni xuddi shu reysdagi (bort raqami boshqa bo‘lgan) samolyot bir soatlik kechiktirish bilan uchib, keyin Toshkentga nosozliklar tufayli qaytib kelgandi.
Yo‘lovchilar ma'lumotiga ko‘ra, parvoz taxminan 4:45 (reja bo‘yicha – 4:30)da amalga oshirilgan, biroq bir soatlardan so‘ng ekipaj uchish punktiga qaytish haqida xabar bergan. Layner Toshkentda 6:50da qo‘ndi.
Xabarda aytilishicha, ayni damda samolyot tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
07:23 / 23.02.2026
Honda o‘zining birinchi xususiy samolyotini taqdim qildi: u mustaqil ravishda qo‘na oladi
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
08:22 / 20.02.2026