Anqara. Birozdan keyin yangi galereyaning oçiliş marosimi boşlanadi. Unga Turkiyadagi diplomatik korpus vakillari va bir qator mamlakat elçilari taklif etilgan. Taşkilotçilik yuqori darajada. Taşrif buyurganlar ma'naviy xordiq çiqarib, xursand bölişlari kutilmoqda.
Moskva. Birozdan keyin qayta ta'mirdan çiqqan yoşlar teatri yana oçiladi. Uning qayta oçilişiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelişi kutilmoqda. Taşkilotçilik yuqori saviyada. Teatr vakillari tomoşabinlarga ajoyib asar – Aleksandr Griboyedovning pesasi asosida işlangan spektaklni namoyiş qilişadi. Asar bundan 200 yil oldin yozilganiga qaramay, hamon muxlislar uni maroq bilan tomoşa qilişadi.
OŞKORA QOTILLIK
Siyosiy öyinlar va terrorizm oldida inson sariq çaqaga qimmat “piyoda” ekani yana bir bor isbotlandi. Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlov öldirildi. Vaxşiylarça, butun dunyoning köz öngida öldirildi. Qotil derazadan kirib kelgani yöq, vertolyotdan turib, bino tepasiga kelib öq uzmadi. Snayperdan otgani ham yöq. Karlov nutq sözlayotganda uning ortida jimgina turdi va bamaylixotir çöntagidan töpponçani çiqarib, öljasini otib taşladi. Bir neça daqiqa "ma'ruza" qilişga ham ulgurdi.
Ruslar buni Turkiya tomon qilmaganiga har qança işonganday körinmasin, oraga sovuqlik tuşgani bor gap. Endigina aloqalar yaxşilangan va bundan ayniqsa ikki davlat fuqarolari xursand bölgan bir vaqtda bu voqea hammasini rasvo qilayozdi. Uni terrorçilar uyuştirgani aniq, lekin kim buyurtma bergan? Bundan kim yutadi? Mana şu savol barçaning boşini qotirgan, lekin bundan kimga naf bölsa ham, INSON yutqazadi.
Inson unga in'om etilgan jonni qadrlaşi, asraşi kerak. Bu boşqalarga işonçsizlikdan darak bermaydi. Bizga jonimizni xatarga qöymaslik buyurilgan. Yevropada neçta terakt uyuştirilmasin, barçasida deyarli bir xil öxşaşlik bor: xavfsizlik NOL darajada. Belgiyadagi seriyali teraktlarni eslang, jinoyatçi aeroportning yölovçilarni röyxatga oliş joyigaça avtomat bilan kirib borgan. Kameralarga “muhrlanib”, qoçişga ham ulgurgan. Heç qayerda uni na politsiya, na maxsus radarlar töxtatgan. Bu yevropaliklarning aqldan ozganidan darak bermaydimi? Ular uçun özini asraş degan tuşunça bormi özi? Parijdagi teraktdan keyin 100 minglab odamlar bir joyga töplanib, miting uyuştirdi. Ularni na kimdir tinçlantirdi, na qöriqladi. Göyoki bu – odamlarning erkinliklari. Belgiyadagi teraktlarning asosiy taşkilotçisini himoya qiliş uçun Fransiyaning eng maşhur advokatlaridan biri biriktirildi. Yevropa öz fuqarolarini qirgan qotilni özining eng yaxşi huquq bilimdoni bilan himoya qildi. Şu-mi inson huquqlari? Norvegiyada 77 nafar bolani otib taşlagan Breyvik ismli qotil turmadagi şaroitlardan nolib, qamoqxonani sudga berdi. Bahonalarni qarang: qahva olib kelungunça sovib qolyapti, narigi xona şovqinli, internetning tezligi yomon, derazamdan xunuk manzara körinadi. Uç xonali lyuksda yotgan qotil şunday şikoyat qilsa, buning nomini inson huquqlari deyişadimi?

















