Ruminiyaning Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) va Liberallar va demokratlar alyansidan (LDA) iborat parlamentdagi köpçilik koalitsiyasi mamlakat boş vaziri lavozimiga Hududiy rivojlaniş va davlat boşqaruvi vazirligidagi davlat kotibi Sevil Şaydax nomzodini bildirdi.

Ta'kidlanişiça, Şaydax 2016 yilda vazirlik rahbari, hozirda SDP yetakçisi Liviu Dragnya saylovlardagi firibgarliklar işi böyiça iste'foga ketgandan keyin vazirlikni 6 oy davomida boşqargan. Şaydax 1989 yildan beri Qur'onga qölini qöyib, qasamyod qeltirgan Ruminiyadagi birinçi vazir bölgan.

Ruminiya OAV ma'lum qilişiça, Dragnya Şaydaxning 2011 yilda suriyalik Akrom Şaydax bilan nikohida guvoh bölgan. Şaydax SDPga 2015 yilda kirgan.

Dragnya prezident bilan maslahatlaşuvlardan keyin boş vazir lavozimiga nomzod böyiça boşqa takliflar bölmasligini aytdi.

"Agar bu taklif rad etilsa, biz unda boşqa joyda körişamiz", deb aytgan Dragnya.

Dragnyaning aytişiça, u boş vazir lavozimiga "adolatsiz sudlangani va nokonstitutsion qonun" sababli da'vogarlik qilolmaydi.

Ruminiyada 11 dekabrda parlamentga saylovlar bölib ötdi. Unda katta farq bilan SDP ğolib böldi, biroq u mutlaq köp ovoz töplay olmadi. Natijada SDP va LDA koalitsiya tuzib, bu koalitsiya parlamentda 54 foiz öringa ega böldi. Bu ularga kelişgan holda boş vazir nomzodini bildirişga va hukumat tarkibini taklif qilişga imkon berdi.