Nintendo kompaniyasining «Super Mario Run» öyini yuklab oliş miqdori böyiça rekord örnatdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

iOS’ga möljallangan «Super Mario Run» 15 dekabr kuni 151 mamlakatda çiqarildi. Sensor Tower ma'lumotlariga köra, uni tört kun davomida 25 million marotaba yuklab olişgan. Taxminiy daromad 21 million dollar deb baholandi.

Biroq Nintendo aksiyalari sotuvlar boşlanganidan keyin 11 foizga arzonlaşgan, sababi öyin bir qator salbiy munosabatlarga sabab böldi. Aksariyat foydalanuvçilar 9,99 dollar miqdoridagi bir martalik tölovdan norozi bölişmoqda.

Sensor Tower’da ta'kidlanişiça, «Mario» katta ehtimol bilan dunyodagi eng ommabop öyin franşizasiga aylanadi. Biroq uni öynab körganlarning atigi 8 foizi xaridni amalga oşirişga qaror qiladi.