Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi guruhlardan biri Karlovga uyushtirilgan suiqasd uchun javobgarlikni zimmasiga oldi
Suriyadagi «Jaysh al-Fath» birlashgan qurolli koalitsiyasi Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning o‘limi uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda «As-Sumariya» telekanalida ma'lum qilingan.
62 yoshli diplomat 19 dekabr kuni Anqaradagi Zamonaviy san'atlar markazidagi fotoko‘rgazma ochilishi marosimida otib o‘ldirildi. Ushbu suiqasd qo‘riqchi sifatida marosimda hozir bo‘lgan politsiyachi Mavlud Mert Oltintosh tomonidan amalga oshirildi. Elchining yonida soqchisi bo‘lmagan. Qotil tez orada politsiyachilar tomonidan yo‘q qilingan.
20 dekabr kuni Oltintosh o‘tgan haftada Halabdagi vaziyat tufayli Rossiya diplomatik missiyasi binosi oldida ruslarga qarshi miting vaqtida binoni qo‘riqlagan soqchilar orasida bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.
«Jaysh al-Fath» «Al-Qoida» filiali bo‘lmish — «Front an-Nusra» guruhi bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
18:05 / 02.06.2026
Linkolndan Trampgacha: suiqasdga uchragan AQSh prezidentlari
22:35 / 25.05.2026
AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga qarshi yangi suiqasd deb atadi
20:07 / 04.05.2026