AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiyani Qöşma Ştatlar milliy xavfsizligiga rahna soluvçi asosiy tahdidlar röyxatidan olib taşladi, deb yozmoqda Foreign Policy (FP) Tramp jamoasidagi manbasiga tayangan holda. 

Mazkur tahdidlar AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Brayan Makkeon tomonidan tayyorlangan tahliliy eslatmada qayd etilgan. Bu eslatma, saylangan prezidentning ötiş jamoasi vakili Mira Rikardel tomonidan taqdim etilgan va Tramp muallifligidagi eslatma asosida tuzib çiqilgan. 

Naşrga köra, Tramp ma'muriyatining mudofaa siyosatidagi asosiy e'tibor qaratadigan jihatlari IŞIDga qarşi kuraş, Xitoy va KXDR harakatlarini doimiy nazorat qiliş, AQŞ Qurolli kuçlarini modernizatsiya qiliş, ularni moliyalaştirişdagi çeklovlarni olib taşlaş, kiberxurujlarga qarşi harakat qiliş va Pentagonning yanada samaraliroq faoliyatini ta'minlaşdan iborat böladi. 

Tramp ma'muriyatidagi manba Rossiyaning AQŞ xavfsizligiga asosiy tahdidlar röyxatida bor-yöqligini izohlamagan hamda tahliliy eslatma «yakuniy hujjat emasligini», balki töldirilişini ta'kidlagan. 

Barak Obama bir neça marotaba, hatto, BMT Boş assambleyasi sessiyasida ham, Rossiyani IŞIDdan söng, AQŞ uçun eng katta tahdid sifatida baholagan edi.