Fransiyalik talabalar Valentin Fuks va Perr Jovino yangi Volkswagen pikapi loyihasini işlab çiqişdi. U Varok nomini oldi. Bu maşina ğoyasi «Folksvagen» dizayn-markazidagi amaliyot davrida paydo bölgan.

«Loyihaning maqsadi Volkswagen’ning öz yutini taqdim etib, Avstraliya bozoriga çiqişida edi», - deya ma'lum qildi Fuks. Dizaynerlarning sözlariga köra, ular uşbu avtomobil ustida işlaş davomida Vauxhall Maloo va Volvo V90 maşinalaridan ilhom olişgan.

Bunday maşinadagi pikap kuzovida uç yölovçi joylaşişi mumkin hamda yirik yuklarga joy qoldirilgan. Volkswagen Varok kuzovining orqa qismida maxsus tom örnatilgandan söng esa beş yölovçi siğişi mumkin. Bunday holatda yukni tomning öziga joylaştiriş imkoni bor.

«Folksvagen»da ayni damda bitta seriyali pikap - Amarok mavjud. Olti silindrli dizel hamda 224 ot kuçiga ega bölgan modelning yangilangan nusxasi kelasi yili taqdim etilişi mumkin. Şuningdek, «Amarok»da ikki litrli dizel “törtliklari” ham qoldiriladi.