Rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov Rossiya muftiylar kengaşining oliy mukofoti bölgan birinçi darajali "Al-Faxr" ordeni bilan mukofotlandi. Usmonovga ordenni kengaş va Rossiya musulmonlar diniy boşqarmasi raisi Ravil Gaynutdin topşirgan. Bu haqda tadbirkorning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Usmonov Rossiyadagi yirik saxovatpeşa insonlardan hisoblanadi. U sport, madaniy, ilmiy-öquv loyihalarini qöllab-quvvatlaydi hamda islomning diniy va madaniy merosini saqlab qolişda kömak körsatadi. Jumladan, tadbirkor Qozondagi Oq masjid, Tataristondagi Bulğor islom akademiyasi va Çita jome' masjidi qurilişiga mablağ ajratgan.
"Özingni qalbing bilan hamohanglikda his qiliş uçun öz diningda bölişing, dindoşlaringga yaqin bölişing kerak. Men musulmonman va musulmon farzandiman – yaqin kişilaring, dindoşlar uçun yaratilayotgan xayrli iş, mening fikrimça, hayotimizning asosiy mazmuni hisoblanadi", deb Usmonovning aytgan sözlarini keltirib ötgan matbuot xizmati.
Usmonov "odamlarga yaxşilik qilib, buning evaziga heç qanday minatdorçilik kutiş kerakmas"ligini ta'kidlab ötdi.
"Rossiyaning musulmon ummati – jamiyatning davlatimizning birlaşişi uçun kömak beradigan, pravoslavlik bilan doimo osuda birga yaşaydigan qismidir. Barça rossiyaliklar qanday dinga mansubligidan qat'i nazar, yagona xalqdir", deb aytgan Usmonov.












