Germaniya çempionatining 16-turidan örin olgan uçraşuvlar yakunlandi. Mavsumning eng asosiy öyini deb baholangan uçraşuv Myunxenda bölib ötdi.

Öyin kutilgan intrigani bermadi. «Bavariya» raqib darvozasini qisqa vaqt içida ikki marta işğol qilişga muvaffaq böldi. Şundan keyin «Leyptsig»ning asosiy pleymeykeri Emil Forsberg qizil kartoçka olib maydondan çiqib ketdi. Bu öyinda qolgan kam intrigani ham yöqqa çiqardi. Robert Levandovski tomonidan birinçi bölim sönggida kiritilgan gol Ançelotti şogirdlariga yirik hisobdagi ğalabani keltirdi.

Natijada «Bavariya» 39 oçko töplab qişki mavsumning çempioniga aylandi. «Leyptsig» esa 36 oçko bilan ikkinçi örinda qolmoqda.

Şuningdek, bu turda «Herta» öz uyida «Darmştadt»dan ustun kelgan bölsa, «Frayburg» sönggi ikki turni muvaffaqiyatli yakunlagan «Ingolştadt» uyidan muhim uç oçko bilan qaytdi. Mavsum davomida hali mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan «Hoffenhaym» bu turda ham durang qayd etdi. Nagelsmann şogirdlari «Verder»dan sönggi daqiqalarda töp ötkazib yuborib ikki oçkoni boy berdi. «Kyoln» esa öz uyida «Bayyer» bilan murosa köçasini tanladi.

Bundesliga, 16-tur.

Bavariya – RB Leyptsig 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17 Alkantara, 2:0 – 25 Xabi Alonso, 3:0 – 45, penalti Levandovski.
Bavariya – Noyyer, Martines, Xummels, Alaba (Bernat, 67), Lam, Alkantara, Xabi Alonso, Robben (Riberi, 46), Vidal (Kimmix, 75), Duglas Kosta, Levandovski.
RB Leyptsig – Gulaçi, Bernardo, Orban, Xalstenberg, Zabittser (Berk, 82), Demme, Keyta (Kayzer, 46), Ilzanker, Forsberg, Poulsen, Verner (Zelke, 59).
Ogohlantirişlar: Vidal (56), Zabittser (58).
Çetlatiş: Forsberg (30).

Qolgan öyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi. 

Ingolştadt-04 – Frayburg 1:2 (vtoroy taym)