2015 yilda Google kompaniyasi soliq xizmatlaridan 15,5 mlrd dollarni yaşirişning uddasidan çiqqan, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi Google Netherlands Holdings şö'ba korxonasi hisobotiga tayangan holda. Şu bilan kompaniya 3,6 mlrd dollar miqdorida soliq tölamagan. Kompaniyaning Irlandiyadagi bölimining dunyo böylab amaliyotlaridan köradigan daromadi Google Netherlands Holdings orqali Irlandiyada röyxatdan ötgan, Google Ireland Holdings kompaniyasining Bermuda orollaridagi bölimiga ötkazilgan. Bu orollardagi kompaniyalar daromad soliği tölamaydi.
Bunday tartib Amerika va Yevropadagi soliqlarning sezilarli qismini tölamaslik imkonini beradi. Google kompaniyasining AQŞ hududidan taşqaridagi soliqlari, yuqoridagi usuldan foydalanilganda 6 foizni taşkil etadi.
«Gollandiya sendviçli Irlandiya ikkiligi» — deb nomlangan bu usul ikkita Irlandiya va bitta Gollandiya kompaniyasining faoliyatini muvofiqlaştiriş vositasida soliq miqdorini sun'iy ravişda kamaytiriş imkonini beradi. 2015 yilda Irlandiya hukumati qonunçilikdagi uşbu usulga imkon beruvçi kamçilikni tuzatgan, ammo, bu usuldan foydalanayotgan kompaniyalarga 2020 yilgaça ruxsat bergan edi.












