Jahon | 14:53 / 22.12.2016
8030
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Suriya masalasiga siyosiy ruh bermaslikka chaqirdi

Foto: sputnik

Jahon hamjamiyati suriya masalasini birgalikda hal qilishi lozim. Unga siyosiy ruh berish yoki yanada murakkablashtirish kerak emas, deb ma'lum qildi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin payshanba kuni tashkil etilgan brifingda.

Avvalroq, BMT Bosh assambleyasi Suriyadagi jiddiy jinoyatlarga aloqasi bo‘lgan shaxslarga nisbatan surishtiruv mexanizmini yaratishga qaror qilgandi. Bu keyinchalik ularni sud asosida ta'qib etish imkonini beradi. Yangi tuzilma aynan nimalar bilan shug‘ullanishi esa BMT bosh kotibi tomonidan 20 kun ichida belgilab beriladi. Hujjatni yoqlab 105 mamlakat, unga qarshi esa – 15 davlat ovoz berdi. 52 mamlakat esa betaraf qolgan

"BMT fevraldagi jyeneva muzokaralarini qayta yo‘lga qo‘yish haqida ma'lum qildi, va amaldagi majburiyatlarga asosan xalqaro hamjamiyat birgalikda harakat qilishi kerak, degan fikrdamiz. Shuningdek, ular suriya masalasi bo‘yicha siyosiy jarayonni boshlash uchun kerakli sharoitlarni yaratishlari lozim", - deya aytib o‘tdi Xua Chunin Xitoy nima uchun rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berarkan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy siyosiy kelishuvni – suriya inqirozini yechishdagi yagona to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblaydi.

"Barcha tomonlar xalqaro huquqqa amal qilishlari kerak... Bizning fikrimizcha, xalqaro harakatlar Suriyaning hududiy yaxlitligi, qonuniy mustaqilligini hurmat qilishlari hamda siyosiy yechim va milliy yarashuvga ko‘mak berishlari darkor. Harakatlar BMTga a'zo-davlatlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishi shart", - deya ta'kidlab o‘tdi Xua Chunin.

Rezolyutsiya BMT panohida "Suriya Arab Respublikasida 2011 yilning martidan boshlab xalqaro huquq bo‘yicha jiddiy jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan xalqaro xolis va mustaqil surishtiruvlarga ko‘mak beruvchi mexanizm" tashkil etishni nazarda tutadi.

Yangi tuzilma Suriyadagi hodisalarni tergov qilish bo‘yicha “xalqaro gumanitar huquq normalari buzilishining dalillari tahlili va ularni yig‘ish, umumiylashtirish hamda saqlab qolishda” mustaqil xalqaro komissiya bilan hamkorlik qilishni ham ko‘zda tutadi.
 

Mavzuga oid