Internet olami şiddat bilan rivojlanib borayotgani heç kimga sir emas. Diniy xodimlar ham, masjidlar, diniy markazlar ham özlarining veb-sahifalariga ega bölib, sekin-sekin Tvitter, Instagram, Feysbuk va Telegram kabi dasturlarda örinlarini egallab bormoqda. Ayni kunda hamma sayt, sahifalar oçib, a'zo bölmoqda. 

Ming afsuski şayton ham unda sahifa oçgan. Bir qança sahifalar oçgan. Şaytonning ham sahifalari bor. Hozir mana şu internet olamida boşqa sahifalar bilan birga işlayotgan şayton sahifalari köpayib ketdi. Mana şu sahifalardan ehtiyot bölmoqlik darkor.

Sababi şayton özining yöliga da'vat qilarkan, u men şaytonman demaydi – men fariştaman deydi. Şayton özini farişta deb odamlarni da'vat qiladi va bu yölni eng töğri yöl deydi. Özining yölidan boşqa yöldagilarni haqorat qiladi, ularni tanqid qiladi – şaytonning işi mana şu. 

Şayton muzayyin sifatiga ega, ziynatlovçi sifatga ega. Internetda esa doim işi fitna, adovat bölgan sahifalar işlamoqda. Biz bemalol öşa sahifalarni, saytlarni, kanallarni egalarini şaytonlar deb ayta olamiz. Ularga Alloh subhanu va taoloning jazosi tayin.

Şaytonni taniş uning amalidan böladi. Agar mana şu sahifa, saytlarga iloji boriça tuşmaylik-ku, nazari bir marta tuşgan odam ularning kimligini yaxşi biladi. Ularning vazifasi nima, nimalardan iborat ekanligini yaxşi biladi. Hozir aksariyat şunday saytlar ahli ilmlarni haqorat qiliş bilan maşğul bölib qolgan. Yurtimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan ahli ilmlarga tana toşini otiş göyoki ularning vazifalari. Haqorat qilişdan iborat göyoki ularning vazifalari. 

Bizning ularga aytadigan gapimiz şu böladi: Alloh subhanu va taolo sizlarga öxşaganlardan panoh söraşni bizlarga Qur'onda buyurgan. Alloh subhanu va taoloning nomidan biz sizlarga öxşagan jin va inson-şaytonlardan panoh söraymiz va qiyomatda sizlarning yonajak joylaringiz ma'lum. Ammo, ehtiyot bölinglarki, bu dunyoda ahli ilmlarning göştlari zaharli böladi. Hadeb bu ahli ilmlarning zaharlangan göştini tanovvul qiliş evaziga balkim sizlarning zurriyodlaringiz beaybdir yoki avlodlaringizda beayb odamlar bordir – ularni kasringizga qoldirmang.