Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan çorşanba kuni Anqaradagi qarorgohida suriyalik yetti yoşli qizça va uning oilasini qarşi oldi. Bana Alabed ismli qizça atrofdagi kuçlar tomonidan uyuştirilib, doimiy otişmalar va aviahujumlar töxtamayotgan Halabdagi bolalar va kattalarning ovoziga aylanadi.

Yoş qizça, uning onasi Fotima, otasi Hasan va aka-singillari prezident saroyida Erdöğan hamda Turkiyaning birinçi xonimi Emina Erdöğan bilan suratga tuşişdi. Taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli ham prezident va Alabedlar oilasi örtasidagi uçraşuvda iştirok etdi. 

Foto: Twitter/AlabedBana

Anadoli agentligining xabar berişiça, Bana Erdöğanga "barça halablik bolalarning salomi"ni yetkazgan. 

"Biz sizni juda yaxşi köramiz. Siz bizni Halabdan olib ketdingiz. U yerda biz azob çekdik. Uyimizga bomba taşlaşdi. Biz ovqatsiz, yeguliksiz qoldik", - dedi Bana prezidentga. 

Şuningdek, u har kuni bomba tuşavergani uçun Halabdan taşqariga çiqişga qörqib qolganini ham qöşimça qildi.

Uçraşuv davomida prezident Bana hamda uning yaqinlariga öyinçoq sovğalar taqdim etdi.