Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 12 dekabrdagi qarori bilan Toşkentning Mirzo Uluğbek tumani kompleks rivojlantiriş dasturi tasdiqlangandi. Dasturda tumanning arxitekturaviy qiyofasini özgartiriş va ijtimoiy infratuzilmasini yaxşilaş közda tutilgan. 

Dastur öz içiga quyidagilarni olgan:
 - oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlari, şuningdek zamonaviy quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça işlab çiqariş quvvatlarini yangidan quriş, modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik jihatdan yangilaş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati (umumiy qiymati 121 125,3 ming dollarlik 3 086ta iş örinlari taşkil etiladigan 108ta loyiha);
 - importning örnini bosadigan raqobatbardoşli mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etişni nazarda tutuvçi işlab çiqarişni mahalliylaştiriş loyihalari röyxati (alohida pozitsiyalar böyiça 93 foizgaça mahalliylaştirişning prognoz darajasi bilan jami 22ta loyiha);
 - xizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalari röyxati (umumiy qiymati 142 645,2 ming dollarlik 1 527 ta iş örinlari taşkil etiladigan jami 108 ta loyiha);
 - maktabgaça va umumiy örta, örta-maxsus, kasb-hunar ta'limi, soğliqni saqlaş, madaniyat va san'at obektlarini kapital ta'mirlaş va rekonstruksiyalaşni közda tutgan ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillaştiriş böyiça investitsiya loyihalari röyxati;
 - me'moriy qiyofani özgartiriş, muhandislik-kommunikatsiya va işlab çiqariş infratuzilmasini jadal quriş dasturining asosiy parametrlari;

Dasturga muvofiq, Muhammad Yusuf köçasi böylab mavjud ikki qavatli uylarni buziş hisobiga yer osti avto turargohi hamda ijtimoiy va savdo obektlari bölgan 30ta köp qavatli uy quriladi. «Gazeta.uz» ma'lumotiga köra, uşbu loyihaning yakuniy qiymati — 250 mlrd söm. Uşbu köça böylab qiymati 5 mlrd söm bölgan yetti qavatli uy ham barpo etiladi. 2017 yilda Parkent köçasida 20 ta köp qavatli uy quriladi, loyiha 160 mlrd sömga baholangan.

Asaka, Mustaqillik, Oqqörğon köçalari, Mirzo Uluğbek şoh köçasi, Ts-1 va «Feruza» mavzelari, Qalandar va Sayram, Ğulomov va Borodinskiy, Şahrisabz va Mustaqillik, Laşkarbegi va Riyoziy köçalari kesişmalarida — jami 17 ga yaqin loyiha böyiça turar-joy binolari barpo etilişi kutilmoqda.

Tumanning me'moriy qiyofasini özgartiriş doirasida Buyuk ipak yöli va Gulsanam köçalari kesişmasida kelgusi yilda qiymati 9 mlrd söm bölgan «Navröz dehqon bozori» bozori quriladi. Bozor hududi 1,68 gektar maydonni öz içiga