Anqara prokuraturasi Rossiya elçisi Andrey Karlovni öldirgan qotilning 6 qarindoşiga javob berdi. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatgan.

Qotil Mart Oltintoşning otasi, onasi, singlisi, rafiqasi hamda 2 amakisi tegişli körsatmalarni bergaç, uylariga qaytarilgan. Ularni hibsga oliş uçun asos yöqligi aytilgan. Ular işda guvohlar maqomida.

Diplomatga hujum 19 dekabr kuni Anqaradagi fotokörgazma oçilişi vaqtida sodir böldi. Politsiyaçi Mavlud Mert Oltintoş elçiga 7ta öq uzgan. U fotokörgazmaga Andrey Karlovning soqçisi sifatida kirgandi. U qotillikni amalga oşirişidan köp vaqt ötmay otib taşlangan.

Rossiyada bu suiqasd terakt sifatida baholandi. Bu qotillik uçun javobgarlikni Suriyadagi "Jayş al-Fath" guruhi öz zimmasiga oldi.