Avstraliya hukumatining atrof-muhit va energetika departamenti xodimlari Antarktika ösimlik dunyosini suratga oldilar. Eng janubiy materik atrofidagi hududlarda suv harorati 0° S atrofida bölişi va yoruğlikning butkul yöqligi kabi qat'iy şaroitlarga qaramasdan, bu yerdagi ösimliklar turfa ranglar va şakllar bilan ajralib turadi. 

Video mualliflaridan biri doktor Glenn Jonstonning aytişiça, rolik qit'aning şarqiy sohilida, Keysi tadqiqot stansiyasidan 5 km uzoqlikda suratga olingan. Uning qöşimça qilişiça, tajribadan maqsad 2100 yilgaça butun dunyoda yuz berişi mumkin bölgan iqlim özgarişining ta'sirini örganiş bölgan.

Jonstonning tuşuntirişiça, oxirgi vaqtda Antarktika suvlarida vodorod körsatkiçi (pH) miqdori tuşib ketgan, çunki sovuq suv uglerod dioksidini tezroq yutadi. Olimning fikriça, bunday özgarişlar yaqin vaqtda boşqa okean hududlarida ham iliq suv karbonat angidridni yuta boşlaşi bilan yuz bera boşlaydi.