Volkswagen kompaniyasi özining uçta yangiligi namoyiş etilgan videorolikni taqdim etdi: Arteon sedani, «Tiguan»ning yangi nusxasi, şuningdek ixçam up! xetçbekining GTI-modifikatsiyasi. Avtomobillar Janubiy Afrika respublikasi yöllaridagi sinovlar vaqtida suratga olingan.
Volkswagen Tiguan’ning yangi nusxasi Allspace deb nomlanadi. Örindiqlarning uçinçi qatori modelga qöşimça tarzda taklif etiladi. Yangilik modelning odatiy nusxasidan 110 millimetrli ğildiraklar bazasi bilan farqlanib turadi.
Volkswagen up! xetçbekining GTI-nusxasi esa işçi hajmi bir litr bölgan 115-kuçli dvigatelga ega böladi. U olti poğonali mexanik uzatmalar korobkasi bilan işlaydi.
Volkswagen Arteon rolikda nemis markasining yangi modeli deb atalgan. Avtomobil işlab çiqaruvçisi bu yangilik bilan Passat CC’ni aliştirmoqçi. «Arteon» 2017 yilning bahorida Jyenevadagi avtosalonda taqdim etiladi.
Tiguan Allspace krossoveri, şuningdek up! GTI xetçbegi ham 2017 yilda taqdim etilişi rejalaştirilgan.
«Tiguan»ning uzaytirilgan nusxasi esa Xitoyda taqdim etib bölindi. Bu modifikatsiyaning boşqa bozorlardan nimasi bilan farqlanib turişi noma'lum.












