Moldova respublikasining yangi saylangan prezidenti Igor Dodonning inauguratsiya marosimi 23 dekabr kuni Respublika saroyida bölib ötadi. Moldovada prezidentlik saylovining ikkinçi turi 13 noyabrda bölib ötgan, unda, MSK ma'lumotlariga köra, Sotsialistlar partiyasi nomzodi Igor Dodon 52,11 foiz ovoz töplaşga muvaffaq bölgandi.
Respublikaning beşinçi prezidenti lavozimiga kirişiş tantanali marosimi avvalgi rahbarlarning qasamyod qiliş marosimidan birmunça farq qiladi. Sotsialistlar partiyasi deputati Andrey Negutsaning RIA Novosti agentligiga ma'lum qilişiça, yangi prezident qasamyod qilişdan avval xalqqa murojaat qiladi.
Dodon bu murojaatida prezidentlik lavozimidagi rejalariga töxtaladi. "Tantanali qasamyod qiliş marosimi deputatlar va Konstitutsiyaviy sud a'zolari iştirokida bölib ötadi", — degan Negutsa.
Dodonning inauguratsiyasi bilan amaldagi prezident Nikolay Timofti vakolatlari poyoniga yetadi. U 2012 yil martidan buyon respublikaga rahbarlik qiladi.












