Odatda, jarrohlik operatsiyasidan ötayotgan bemor narkoz ta'siri ostida böladi hamda şu sababli heç narsa sezmaydi va qimirlamay uxlaydi. Biroq Karlos Agilera ismli maşhur saksofonçi bu tasdiqni "çippakka çiqardi".
Karlos saksofonda musiqani ajoyib ijro etişi bilan butun dunyoga tanilgan. Yaqinda u boş miyasida operatsiya ötkazişiga töğri keldi. Operatsiya naqd 12 soat davom etgan. Şifokorlar musiqaçining boşidan ösimtani olib taşlayotgan bir paytda, u özining sevimli musiqa asbobida musiqalar ijro etib, özi va jarrohlarning kayfiyatini kötarib turdi.
Musiqaçining aytişiça, bunday improvizatsiya unga boş çanoği oçilib, miyasi bilan "nimadir qilişayotgani" fikrini "bir çetga surib turişiga" imkon bergan.
Şunga öxşaş hodisa yozda sodir bölgandi, öşanda sloveniyalik tenor boş miyasidan ösimta olib taşlanayotgan vaqtda ariyalar ijro etgan.
Bu şifokorlar yoki bemorning xarxaşasi deb öylamang. Bu usul jarrohlarga bemorning xatti-harakatida istalgan özgarişni aniq nazorat qilişga imkon beradi. Ayniqsa, bu usul bemorda a'lo darajada çiqadigan harakatlarni tahlil qilişda samaralidir. Misol uçun, musiqaçining benuqson kuy ijro etişini.
















