Xitoy davlat OAV Piter Navarroning AQŞda savdo böyiça milliy kengaş raisi etib tayinlangani munosabati bilan öz xavotirini bildirmoqda, çunki Navarro bir paytlar Xitoyga nisbatan qat'iy siyosat yuritişga çaqirgan.  Reuters agentligi şu haqida xabar berdi. 

"Navarro kabi muayyan şaxslarning notöğri tuşunçalari  kelajakda ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni örnatişda Xitoyga qarşi iş berişi mumkin", - deyiladi China Daily naşrining ingliz tilidagi tahrirlangan maqolasida. 

Xitoy savdo vazirligi vakillari AQŞ va XXR örtasidagi tovar aylanmasi ikki mamlakatga ham daromad keltirayotganini ta'kidlaşmoqda hamda ba'zi qarorlar ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir körsatişi mumkinligidan Vaşingtonni ogohlantirişmoqda. 

Şuningdek Xitoy savdo vazirligining matbuot kotibi Şen Danyang "Qöşma Ştatlar xatolarni takrorlamaslik uçun ehtiyot bölişi zarur"ligini ta'kidladi.