Liviyadagi Afriqiyah Airways aviakompaniyasining yölovçi samolyoti olib qoçildi. Bortida 118 kişi bölgan uşbu samolyot Maltaga qöndirilgan. Bu haqda Maltadagi naşrlarga asoslanib, Reyters agentligi xabar berdi.
Naşrlar ma'lumotlariga köra, yölovçilardan 2 nafari samolyotni portlatib yuboriş bilan tahdid qilgan. Ularning talablari hozirça ma'lum emas.
The Times of Malta naşrida aniqlik kiritilişiça, Airbus A320 Sabha şahridan mamlakat poytaxti Tripoliga reysni amalga oşirayotgan samolyoti 2 nafar noma'lum şaxs tomonidan olib qoçilib, Maltaga qöndirilgan.

Malta boş vaziri bu haqda xabardor ekanini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, mazkur axborot huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan örganilmoqda.












