Moskva şahrining janubi-şarqida joylaşgan savdo markazida xitoylik işbilarmonning jasadi topildi. Rossiya Federatsiyasi Tergov Komissiyasi boş boşqarmasining Moskva şahri vakili Yuliya Ivanovaning TASS agentligiga xabar berişiça, mazkur voqea yuzasidan tergov organlari tekşiruv işlarini boşlab yuborişgan.
Ivanovaning sözlariga köra, kuni keça Tixoretskiy bulvaridagi savdo markazidan xitoylik işbilarmonning jasadi topilgan. Işbilarmon bu yerdagi idorani ijaraga olgan bölgan.
"Erkakning jasadi topilganidan keyin tergov oldi tekşiruvi boşlandi, sodir bölgan voqea tafsilotlarini örganişga yönaltirilgan tekşiruv tadbirlari ötkazilmoqda. Tekşiruv natijalariga köra, protsessual qaror qabul qilinadi", - dedi Ivanova.
Huquq-tartibot organlaridagi manba ma'lumotiga köra, gap Moskvada tadbirkorlik bilan şuğullangan XXR fuqarosi haqida ketmoqda.












