AQŞning bölajak rahbari Donald Tramp Oq uyning yangi ma'muriyati matbuot kotibi lavozimiga özining ötiş jamoasi a'zosi Şon Spayserni tayinladi.

Bu haqda respublikaçi prezidentning bayonotida söz yuritilgan. 

Saylangan prezident, şuningdek, Houp Xiksni Oq uyning strategik aloqalar böyiça direktori, Jyeyson Millerni kommunikatsiyalar direktori, Den Skavinoni ijtimoiy tarmoqlar böyiça direktor lavozimiga tayinlagan. Şu bilan birga, Tramp ularni öz yordamçilari deb e'lon qilgan. 

"Şon, Xoup, Jyeyson va Den mening saylovoldi va ötiş jamoamda asosiy a'zolar bölişdi", - deya qayd etgan milliarder prezident.