Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Parlament qonunçilik palatasidagi matbuot xizmati xabariga köra, majlicda deputatlar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Şarof Raşidov tumani deb özgartiriş töğrisidagi masalani muhokama qilişdi.
Deputatlar masalani har tomonlama muhokama qilgaç, hukumat taklifi, keng jamoatçilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlaştiriş materiallari, geografik obektlarga nom beriş va ularning nomini özgartiriş masalalari böyiça hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Şarof Raşidov tumani deb özgartiriş töğrisida qaror qabul qilindi va uşbu hujjat ma'qullaş uçun Senatga yuborildi.
Ma'lumot uçun, Şarof Raşidoviç Raşidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax şahrida tavallud topgan. Sobiq Ittifoq davrida partiya va davlat arbobi, yozuvçi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Özbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari, 1939 yildan KPSS a'zosi.
1950-1959 yillarda Özbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi örinbosari. 1959 yilning martidan Özbekiston KP MK birinçi kotibi.
1983 yilda vafot etgan.

















